Yong'oq 1 kosa
Magiz 1 piyola
Shakar 1 stakan
Un 4 piyola
Tuhum 6 ta
Soda, uksus
Qatiq 1 stakan
- Saryog' un bilan birga yirik qirg'ichdan o'tkaziladi.
- Alohida kosaga 4ta tuhum sarig'ini ajratib sarig'iga uksusli soda solamiz. Qatiq qo'shamiz.
- Qatiqli massa va unli massani aralashtirib, yumshoq xamir qoramiz.
- Qolgan 2ta tuhum sarig'i pahlavaning ustiga surish uchun olib qo'yiladi.
- Xamir tindirilgach, 3ga bo'linadi: 2ta bir hil bo'lak va 1ta kichkinaroq bo'lak.
- Xamirning kichik bo'lagi yupqa yoyilib, pichoq bilan teshib chiqiladi (notekis shishib pishmasligi uchun) va och jigar rang tusga kirguncha pishirib olinadi.
- 6ta tuhum oqi ko'pirtiriladi. Ko'pik qattiq bo'lgach, shakar qo'shib, shakar eriguncha ko'pirtiriladi.
- Xamirlar yoyiladi.
- 1chi plast yog'langan qolipga to'shaladi va tuhum oqi suriladi (yarmi). Ustidan maydalangan yong'oq va magiz sepiladi. Ustidan pishirilgan plast qo'yiladi. Ustidan qolgan tuhum oqi surilib, yong'oq, magiz sepiladi. Ustidan 2chi yoyilgan plast yopiladi.
- 1chi plast va 2 chi plast chetlari birga bichib chiqiladi.
- Ustidan rombik yoki to'rtburchaklar kesib chiqiladi (ustki plast). Pichoq tagigacha yetmasligi kerak. Yong'oq bilan bezaladi.
- Pahlava pishgach, qolip ichida kesib chiqiladi va ustidan asal quyiladi (ta'bga ko'ra).
Yoqimli ishtaha!
No comments:
Post a Comment