Saturday, December 1, 2012

SULILI PECHENYE (tez va oson)

Saryog' - 200gr (yumshoq, xona haroratida)
Suli (овсянка) - 150 gr (quruq idishda 3-5 daqiqa qovurib olinsa mazaliroq chiqadi)
Shakar - 150 gr
Un - 200 gr
Uksusli soda  (soda -0.5 ch.q.)
Tuhum - 2ta

Ichiga: 2ta olma, shakar (ta'bga ko'ra).

  1. Massaliqlar aralashtiriladi. 
  2. Xamir yarim soatga muzxonaga qo'yiladi.
  3. Olmani tozalab, kubik shaklda tog'rab shakar bilan dimlanadi. Sovutiladi.
  4. Qo'lni unlab xamirdan dumaloqchalar uzib, qo'l bilan yoyib olma solib tugiladi va yapaloqroq shakl beriladi. Olma solmasa ham bo'ladi (olma bilan mazaliroq).
  5. Qizib turgan duhovkada (180C) 20 daqiqa pishirib olinadi.

Yoqimli ishtaha!

No comments:

Post a Comment