Saturday, December 1, 2012

PECHENYE

Yumshoq saryog' - 250 gr (xona haroratida)
Tuhum sarig'i - 3 ta
Shakar - 1 st.
Un - 3 st.
Soda - 0.5 ch.q. (uksus bilan so'ndiriladi)


  1. Massaliqlar aralashtiriladi. 
  2. Xamir 0.5 soatga muzxonaga qo'yiladi.
  3. Shakllar kesiladi.
  4. 10-15 daq. 180Cda pishirib olinadi. 

TVOROGLI PIROG (tez va oson)

Tvorog - 1 kg (quruq)
Tuhum - 2ta
Shakar - 1.5-2 stakan
Saryog' - 300 gr (muzxonadan)
Un - 5.5 piyola


  1. Saryog' va un uqalanadi (qirg'ich yordamida). 1 piyola aralashma ustiga sepish uchun olib qo'yiladi.
  2. Quruq tvorogga tuhum va shakar qo'shiladi.
  3. Unli massa qolipga tekis qilib sepilib yoyiladi. Ustidan tvorogli massa tekis qilib suriladi. Tvorogli massa ustigan qolgan 1 piyola unli massa sepib chiqiladi.
  4. Qizib turgan duhovkada (160-180C) ~15 daq. pishirib olinadi.

SULILI PECHENYE (tez va oson)

Saryog' - 200gr (yumshoq, xona haroratida)
Suli (овсянка) - 150 gr (quruq idishda 3-5 daqiqa qovurib olinsa mazaliroq chiqadi)
Shakar - 150 gr
Un - 200 gr
Uksusli soda  (soda -0.5 ch.q.)
Tuhum - 2ta

Ichiga: 2ta olma, shakar (ta'bga ko'ra).

  1. Massaliqlar aralashtiriladi. 
  2. Xamir yarim soatga muzxonaga qo'yiladi.
  3. Olmani tozalab, kubik shaklda tog'rab shakar bilan dimlanadi. Sovutiladi.
  4. Qo'lni unlab xamirdan dumaloqchalar uzib, qo'l bilan yoyib olma solib tugiladi va yapaloqroq shakl beriladi. Olma solmasa ham bo'ladi (olma bilan mazaliroq).
  5. Qizib turgan duhovkada (180C) 20 daqiqa pishirib olinadi.

Yoqimli ishtaha!

PAXLAVA

Saryog' 200-250gr
Yong'oq 1 kosa
Magiz 1 piyola
Shakar 1 stakan
Un 4 piyola
Tuhum 6 ta
Soda, uksus
Qatiq 1 stakan


  1. Saryog' un bilan birga yirik qirg'ichdan o'tkaziladi.
  2. Alohida kosaga 4ta tuhum sarig'ini ajratib sarig'iga uksusli soda solamiz. Qatiq qo'shamiz.
  3. Qatiqli massa va unli massani aralashtirib, yumshoq xamir qoramiz.
  4. Qolgan 2ta tuhum sarig'i pahlavaning ustiga surish uchun olib qo'yiladi.
  5. Xamir tindirilgach, 3ga bo'linadi: 2ta bir hil bo'lak va 1ta kichkinaroq bo'lak.
  6. Xamirning kichik bo'lagi yupqa yoyilib, pichoq bilan teshib chiqiladi (notekis shishib pishmasligi uchun) va och jigar rang tusga kirguncha pishirib olinadi. 
  7. 6ta tuhum oqi ko'pirtiriladi. Ko'pik qattiq bo'lgach, shakar qo'shib, shakar eriguncha ko'pirtiriladi. 
  8. Xamirlar yoyiladi.
  9. 1chi plast yog'langan qolipga to'shaladi va tuhum oqi suriladi (yarmi). Ustidan maydalangan yong'oq va magiz sepiladi.  Ustidan pishirilgan plast qo'yiladi. Ustidan qolgan tuhum oqi surilib, yong'oq, magiz sepiladi. Ustidan 2chi yoyilgan plast yopiladi. 
  10. 1chi plast va 2 chi plast chetlari birga bichib chiqiladi.
  11. Ustidan rombik yoki to'rtburchaklar kesib chiqiladi (ustki plast). Pichoq tagigacha yetmasligi kerak. Yong'oq bilan bezaladi.
  12. Pahlava pishgach, qolip ichida kesib chiqiladi va ustidan asal quyiladi (ta'bga ko'ra).

Yoqimli ishtaha!


QAVAT-QAVAT XAMIR (Tezkor usul)























Un                       - 1 kg (6,25 stakan)
Saryog'                - 800 gr                 -->   (muzxona tepasidan (морозильник))
Tuhum                 - 2 ta                      -->   (muzxonadan (холодильник))
Tuz                      -1 ch.q.
Uksus 5%           - 2 osh q.
Muzdek suv        ~ 400gr *                -->  (muzxonadan (холодильник))

(* Tuhum + tuz + uksus + suv = 0.5 litr)


  • Barcha massaliqlar sovuq (muzdek) bo'lishi muhim.
  • Xamir qilayotganda umumiy massani bir joyga yig'ish kerak, qorish mumkin emas. Jarayon to'gri qilinganda hamirda saryog' bo'lakchalari ko'rinib turadi.
  • Massaliqlar isib qolmasligi uchun xamirni tez tayyorlash  kerak.



  1. Saryog' biroz un bn belanib yirik qirg'ichdan o'tkaziladi. Keyin qolgan un qo'shilib, aralashtiriladi.
  2. Tuhum, tuz, uksus aralashtirilib, umumiy miqdor 0.5 litr bo'lguncha sovuq suv qo'shiladi. 
  3. Unli massaga suvli massa ozginadan quyulib aralashtiriladi. Umumiy massa bir joyga to'plansa bo'ldi.
  4. Xamirni 2 ga (4ga) bo'lib, paketga o'rab muzxonaga  (холодильник) kamida 2 soatga qo'yiladi.

  • Bu miqdordan 4 kg pishiriq chiqadi.
  • Qizib turgan (!) duhovkada (190 C) 20 min. pishiriladi.
  • Korj pichoq bilan ko'tarilganda egilmasa pishgan bo'ladi.


104. Булочки с посыпкой

104. Булочки с посыпкой

126. Овсяное печенье с начинкой

126. Овсяное печенье с начинкой